Rossiyaga 177 dona sport kiyim olib kirishga uringan fuqaro to‘xtatib qolindi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishKashirskiy tamojenniy post v podmoskovnom Domodedovo
Kashirskiy tamojenniy post v podmoskovnom Domodedovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu holat yuzasidan "Deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash" bandi bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atildi

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Jukovskiy xalqaro aeroportida Istanbul-Moskva reysida uchib kelgan va shaxsiy bagajida 177 dona sport kiyimlarini olib kirishga uringan 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi to‘xtatildi, deb xabar qildi Domodedovo bojxona xizmati matbuot xizmati.

Tashkentsya Mejdunarodnaya yarmarka ovoshey i fruktov - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona huquqbuzarlari Rossiya bilan "yashil yo‘lak" ro‘yxatidan chiqariladi

Xabarda aytilishicha, ushbu fuqaro bojxona yashil yo‘lagidan o‘tib, uning yonida bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilishi lozim bo‘lgan tovarlar yo‘qligini ma’lum qildi.

Bojxona ko‘rigi natijasida uning bagajida 177 dona turli ranglarda bo‘lgan sport kiyim to‘plamlari aniqlandi. Og‘zaki so‘rov paytida, yo‘lovchi ushbu kiyimlarni o‘zining do‘stlari va qarindoshlariga olib kelayotganligini ma’lum qildi.

Aniqlangan tovarlar turi va miqdoridan kelib chiqqan holda bojxonachilar tomonidan "o‘z ehtiyoji uchun emas" degan xulosaga kelishdi.

Tijorat maqsadlarda olib kelinayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy tartibi qo‘llaniladi. Xususan, yo‘lovchi ushbu tovarlarga belgilangan tartibda bojxona deklaratsiyasini to‘ldirishi va bojxona to‘lovlarini to‘lashi talab qilinadi.

Huquqbuzarga nisbatan "Deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash" bandi bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Ushbu ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar tovarlar olib qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0