TOShKENT, 8 dek — Sputnik. 2018 yilda bojxona qoidalariga rioya etmagan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida meva-sabzavotlarni yetkazib berish bo‘yicha joriy etilgan "bojxona yashil yo‘lagi" ro‘yxatidan chiqarib tashlanadi.
Nizom loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokama qilish portaliga umumiy muhokamaga qo‘yilgan. Hujjat matniga ko‘ra, yangi qoidalar 2018-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Mazkur nizom loyihasi 2016-yil dekabrda qabul qilingan "O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tovar va transport vositalarni bojxona rasmiytiruvni soddalashtirilgan tartibda o‘tishini tashkil etish to‘g‘risida" (Bojxona yashil yo‘lagi) bitim ijrosi yuzasidan ishlab chiqildi.
Nizom meva-sabzavotlar va oziq-ovqat mahsulotlarini (qahva, choy, xamirturush, xantal) yetkazib beruvchilar uchun mo‘ljallangan.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, "eksport tovarlari bo‘yicha bojxona organlariga noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish", shuningdek O‘zbekiston yoki Rossiyada bojxona qoidabuzarligini sodir etish — tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi "bojxona yashil yo‘lagi" ro‘yxatidan chiqarishga asos bo‘ladi.
Bundan tashqari, sud yoki vakolatli organlar eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishni taqiqlash yoki xatlash bo‘yicha talablari, tugatishga doir ish yuritish bosqichida bo‘lgan kompaniya va tadbirkorlar ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi. Ro‘yxat Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan shakllanadi.
Ushbu ro‘yxatga eksport faoliyatini bir yildan kam bo‘lgan vaqt amalga oshirayotgan, eksport-operatsiyalar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha hech qanday qarzdorliklari bo‘lmagan, shuningdek bojxona qoidabuzarliklar sodir etmagan xo‘jalik subyektlari kiritiladi.