Fohishalar haqida ma’lumotlar bazasini O‘zbekistonga olib kirayotgan shaxs aniqlandi

© Sputnik / Andrey Aleksandrov / Mediabankka o‘tishTamojennaya slujba
Tamojennaya slujba - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro Sanatilloyev Rossiya Federatsiyasida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi 4 ming nafarga yaqin ayollar haqida batafsil ma’lumotlarni, ularning behayo suratlari bilan birgalikda O‘zbekistonga olib kirishga uringan

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Mullabahodir Sanatilloyevning bagajidan 3935 dona behayo ayollar suratlari aniqlandi, deb xabar qilgan STV nashri.

Jenskie nogi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qizlarni jinsiy qullikka jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi
Nashrning yozishicha, aeroportda bojxona nazoratidan o‘tayotgan 34 yashar Sanatilloyev bojxona deklaratsiyasida yonida arzimas miqdorda rossiya rubli va ukraina grivni borligini ko‘rsatgan. Bojxona posti xodimi Sanatilloyevga "Bagajingizda O‘zbekistonga olib kirish ta’qiqlangan narsalar yo‘qmi", deb savol bilan murojaat qilganida, fuqaro o‘zini g‘alati tuta boshlagan. Xususan, shu vaqtgacha o‘zbek tilida bemalol gapirib turgan Sanatilloyev endilikda o‘zini o‘zbek tilini mutlaqo tushunmayotgan kishiga solib, unga faqat rus tilida murojaat qilishlarini talab qila boshlagan.

Bir qancha vaqt davom etgan aytishuvdan so‘ng, fuqaroning bagaji ko‘rikdan o‘tkazilgan va oqibatda bagajda deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 2 dona uyali aloqa apparati, netbuk, fleshkarta, xo‘jalik texnikasi (blender va multivarka) va boshqa tovarlar borligi aniqlangan.

Fleshkarta tekshiruvi esa fuqaro nega o‘zini nega g‘alati tutganligiga oydinlik kiritdi, deb yozadi nashr.

Ma’lum bo‘lishicha, fleshkada 3935 dona behayo ayollar surati borligi aniqlangan. Bundan tashqari, fotosuratlarga Rossiyada yashovchi va fohishalik bilan shug‘ullanuvchi yoki shunga majbur qilingan ayollarning ismlari, telefon raqamlari, yashash joylari yozilgan ma’lumotlar bazasi ham biriktirilgan.

Fotosuratlar formati ular pornografiyaga oid saytlar va jurnallarda chop etish uchun tayyorlanganidan dalolat beradi, deb xulosa qilingan nashrda.

Huquqbuzar Sanatilloyev Samarqand tumani Ma’muriy sudi qarori bilan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topilgan va unga eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida jarima solingan. Sanatilloyevga tegishli umumiy miqdori 4 mln 754 ming so‘mlik tovar davlat foydasiga musodara etilgan.

Yangiliklar lentasi
0