O‘zbekistonda qizlarni jinsiy qullikka jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi

© Foto : pixabay.comJenskie nogi
Jenskie nogi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari chet elda fohishalik qilish uchun odamlarni yollash va yuborish bilan shug‘ullanayotgan uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi kurash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Samarqandda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida 51 yoshli Zamira Jumayeva qo‘lga olindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiton muxbiri.

Na tadjiksko-afganskoy granitse v rayone Pandjskogo pogranotrada - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek chegarachilari yirik miqdordagi kontrabanda tovarlarini qo‘lga olishdi

Tezkor xodimlar ma’lumotiga ko‘ra, Jumayeva uyushgan jinoiy guruhning faol a’zolaridan biri bo‘lgan. Mazkur jinoiy guruh odam savdosiga ixtisoslashgan bo‘lib, ular ayollarni qidirish va kelgusida fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun xorijga yuborish bilan shug‘ullangan.

"Zamira Jumayeva o‘zining tanishlari orqali ishonuvchan ayollarni qidirib, ularga Tailandda restoran va kechki klublarda ofitsantka bo‘lib ishlashni taklif qilgan. Ayollarga bir oyda 5 ming dollar ish haqi to‘lanishiga va’da bergan. Guruhda shuningdek, qizlarga buyurtmachi sifatida samarqandlik boshqa bir ayol ham bo‘lgan. U ayol vaqtinchalik Tailandda istiqomat qilmoqda. U aldangan qizlarga elektron avia chiptalarni sotib olish va yuborish ishlari bilan shug‘ullangan", — deb ta’kidladi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi.

Jenskie nogi - Sputnik O‘zbekiston
Shahrisabz tumanida fohishalik bilan shug‘ullanayotgan opa-singillar ushlandi
Qizlar avval avtomashinada Samarqand-Toshkent yo‘nalishida olib borilib, keyichalik u yerdan Toshkent-Bangkok avia reysi orqali yuborilgan.

Bankokda qizlarni markaziy osiyolik uyushgan jinoiy guruh vakillari kutib olishgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Zamira Jumayeva navbatdagi bor samarqandlik qizni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan paytda YPH postida qo‘lga olindi.

Ushbu holat bo‘yicha Jumayevaga nisbatan odam savdosi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zgatilgan bo‘lib, tergov ishi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0