TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Suriyada aksilterror operatsiya yakuniga yetmoqda deb xabar qildi. Ushbu bayonot Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman bilan bo‘lgan uchrashuvda e’lon qildi, RIA Novosti xabariga asosan.
“Shuni alohida aytib o‘tmoqchiman-ki, Suriyadagi harbiy operatsiya yakuniga yetmoqda. Tezkorlik bilan hal qilinishi va Suriya kelajagiga doir, muhokama qilinishi kerak bo‘lgan bir necha masalalar qolgan”, — deb Rossiya mudofaa vazirining so‘zlarini keltirdi nashr.
Shu bilan birga Sergey Shoygu “Nafaqat Suriya balkim butun dunyo terrorchilikdan xoli qilinishga muhtoj”, — dedi.
Bundan oldir Rossiya Bosh shtabi Suriyaning 92% hududi “Islom davlati” jangarilaridan ozod qilinganini xabar qilgan edi. Urushning bunday tez yakun topishiga Ostonada 2017-yilning may oyida Rossiya, Turkiya, Suriya va Eron tomonidan imzolangan “Suriyada mojaroni kamaytirish hududlari” tashkil qilish haqidagi shartnoma muhim rol o‘ynagani ta’kidlangan edi.