OAV: Masharipov O‘zbekistonni 6-yil avval tark etgan

Obuna bo‘lish
Xabarda aytilishicha, Masharipov terror guruhiga a’zoligi tufayli O‘zbekistonda qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida bo‘lgan

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Istanbulda 39 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Abduqodir Masharipov qo‘qonlik bo‘lib chiqdi, deb xabar bermoqda nuz.uz sayti hilol.uz tarqatgan xabarga tayanib.

Xabarda aytilishicha, Masharipov terror guruhiga a’zoligi tufayli O‘zbekistonda qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida bo‘lgan.

O‘zbekiston xavfsizlik idoralaridan birining vakili "Anado‘li" muxbiriga Abduqodir Masharipovning 6-yil avval O‘zbekistonni tark etgani va Afg‘onistonga ketganini ma’lum qilgan.

Abdulqodir Masharipov yashagan xonadondan topilgan qog‘ozlar - Sputnik O‘zbekiston
"Istanbul terrorchisi"ning uyidan sevgi maktublari topildi

Shuningdek, Abduqodir Masharipovning Qo‘qon shahrida ro‘yxatda turgani ma’lum bo‘ldi.

Abduqodir Masharipov ishi bo‘yicha o‘zbek va turk xavfsizlik idoralari yaqin aloqada ekani bildirildi.

To‘rt xorijiy til biladigan va Afg‘onistonda tayyorgarlikdan o‘tgan, laqabi Abu Muhammad Xurosoniy bo‘lgan Abduqodir Masharipov Turkiyaga 2016-yilning yanvarida noqonuniy yo‘llar bilan kelgani taxmin qilinmoqda, deyiladi xabarda.

A. Masharipov Istanbulning Esenyurt tumanidagi uylardan birida ushlandi. U yashagan uyda qurol-yarog‘ bilan birga 197 ming dollar ham topilgani aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0