Toshkentda uch opa-singil zaharlanib vafot etdi

Obuna bo‘lish
Ayni damda tergov-taftish bo‘limi xodimlari uch yosh bolaning o‘limi sabablarini aniqlashga harakat qilishmoqda. Qo‘ni-qo‘shnilar aytishiga qaraganda, ular qiyma kabab yeganidan so‘ng, kuchli qorin og‘riq his qilishgan.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Toshkentning Olmazor tumani, Beshqo‘rg‘on mavzeida (Tansiqboyev-3) istiqomat qiluvchi uch nafar voyaga yetmagan opa-singillar birin ketin vafot etdi, deb xabar qilmoqda UzNews nashri.

Guvohlar aytishiga qaraganda, fojeadan oldin ular qiyma shashlik yeyishgan keyin kuchli qorin og‘rig‘i boshlangan. Qarindoshlari ularga og‘riqni yengillashtiruvchi dori berishsa-da, u yerdam bermagan.

Opa-singillardan biri kasalxonaga ketishda, tez yordam mashinasi ichida jon bergan, ikki nafari ham keyinroq  kasalxonada  vafot etgan.

Ayni damda ushbu voqea yuzasidan Olmazor tuman Prokuraturasi tomonidan jinoiy ish ochilgan, tergov-taftish  bo‘limi xodimlari uch yosh bolaning o‘limi sabablarini aniqlashga harakat qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0