Samarqandda zamonaviy poliklinika ishga tushdi

© Ministerstvo Zdravooxraneniya Uzbekistana Semeynaya poliklinika №47 Shayxantaurskogo rayona
Semeynaya poliklinika №47 Shayxantaurskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konstitutsiya kuni arafasida, samarqandliklar ajoyib sovg‘a olishdi: ikki yil davom etgan kapital ta’mirdan so‘ng 2 sonli oilaviy poliklinika ishga tushidi.

TOShKENT, 10 dek – Sputnik. Oilaviy poliklinikaning ochilish marosimida viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev, poliklinika bosh vrachi matluba Turdiyeva va boshqalar ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.

Ikki yil davom etgan va 5,5 mlrd mablag‘ sarflangan ta’mirlash davomida poliklinikaning 36-yil oldin qurilgan 4 qavatli binosi to‘liq ta’mirlandi, poliklinika eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Masalan, qonni 34 ko‘rsatgichi bo‘yicha tezkor analiz qilish uskunasi shular jumlasidan. Poliklinikada 38 nafar shifokor vo 90ta hamshira ishlaydi.

Oilaviy poliklinika shahar aholisining oltidan bir qismiga — 80 ming kishiga xizmat ko‘rsatadi. Bir smena davomida — 480  be’morni qabul qilishi mumkin.

Poliklinikada shifokor elektron navbatga yozilayotgan ayolga yordam bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda elektron poliklinika ishga tushdi

Poliklinika ochilish marosimida so‘zga chiqqan Matluba Turdiyeva poliklinikada elektron poliklinika xizmati yo‘lga qo‘yilganligi va uning yordamida be’morlar tibbiy kartasini tezlik bilan topish yoki onlayn tartibda shifokorga navbatga yozilish mumkinligi ham xabar qildi. Endi oldingidek bir necha soatlab navbatga turish ehtiyoji qolmagani ham aytib o‘tildi.

Bolasini uyda yolg‘ish tashlab kela olmagan onalar uchun ham bu yerda “Sog‘lom bola” kabineti ochilgan. Bu yerad vaqtincha qarab turish uchun qoldirilgan bolalar uzuluksiz ravishda hamshiralar nazorati ostida bo‘ladi.

Undan tashqari poliklinikada “Yosh ona” kabineti ham ochilgan. U yerda bo‘lajak onalar kerak maslahatlarni olishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0