O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasidagi hamkorlik yanada rivojlantiriladi

© Sputnik / Taras LarioxinShtab-kvartira Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope (OBSE)
Shtab-kvartira Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope (OBSE) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzokaralar dovomida 2018-2019 yillarda O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasini hayotga tadbiq etishni ko‘zda tutuvchi ikki tomonlama hujjat imzolandi

TOShKENT, 9 dek – Sputnik. 7-8 dekabr kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) ishtirokchi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining 24-majlisida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Avstriya Respublikasining YeXHTga raisligi doirasida Vena shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda a’zo mamlakatlar va hamkor davlatlarning tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy xavfsizlik, tashkilotning yangi tahdidlar va xatarlarga qarshi kurashdagi salohiyatini mustahkamlash, xususan noqonuniy giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Arlem Dezir - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda YeXHT vakili OAV erkinligi masalasi bo‘yicha nutq so‘zlaydi

Shuningdek, vazirlar Italiyaning 2018-yilda YXHTga bo‘lajak raisligi yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi Vena shahriga tashrifi davomida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi kotibi Yuriy Fedotov bilan uchrashdi va muzokaralar olib bordi. Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston bilan BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi o‘rtasida 2018-2019-yillarda hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdorliklari bo‘yicha qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Shuningdek, TIV delegatsiyasi YeXHT Bosh kotibi Tomas Greminger bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar dovomida 2018-2019 yillarda O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasini hayotga tadbiq etishni ko‘zda tutuvchi ikki tomonlama hujjat imzolandi.

YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir, Estoniya tashqi ishlar vaziri Sven Mikser, Ruminiya davlat kotibi, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Jorj Siamba bilan uchrashdi.

Yangiliklar lentasi
0