TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Moskva viloyati sudi O‘zbekiston va Tojikistondan bo‘lgan 8 nafar fuqaroni giyohvand moddalar sotishda aybdor deb topdi, ulardan 85 kilogramm geroin musodara qilindi, deb xabar berdi Rossiya bosh prokuraturasi.
"Bu shaxslar alohida jinoyat ishi ochilgan sheriklari bilan birgalikda Moskva viloyatida geroin sotish maqsadida jinoiy guruh tuzgan. Guruh faoliyatiga 2014-yilda chek qo‘yilgan. Ulardan 85 kilogramm geroin musodara qilingan", — deyiladi xabarda.
Prokuraturaning bildirishicha, giyohvand modda maxsus yashirin joylarga qo‘yish orqali sotilgan, doimiy mijozlarga esa turli ko‘rinishda chegirmalar berilgan.
Sud ularni Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan aybdor deb topdi va ishtiroki darajasiga qarab 7-yildan 18-yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qildi.