TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Moskva viloyatining Ramenskoe shahridagi "Aist" savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti favqulodda xizmatdagi manbasiga tayanib.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik uch nafar ishchi halok bo‘lgan", — dedi agentlik manbasi.
Ilgariroq halok bo‘lganlarning ikki nafari ayol, bir nafari erkak kishi bo‘lganligi xabar qilingandi.
Mahalliy FVV vakilining aytishicha, Ramenskoyedagi Sovetskaya ko‘chasidagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in ertalab 9 yarimda to‘liq o‘chirilgan.