TOShKENT, 8 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Biz o‘z faoliyatimizni "Buyuk kelajagimiz bugundan boshlanadi" degan shior asosida tashkil etishimiz zarur, dedi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev.
Shu sababli biz o‘z faoliyatimizni "Buyuk kelajagimiz bugundan boshlanadi" degan shior asosida tashkil etishimiz, xalqimizning farovon hayotini ta’minlash uchun bor kuch va salohiyatimizni ishga solishimiz zarur", — dedi prezident.
Mirziyoyev davlat organlarining kundalik faoliyatida inson huquq va erkinliklari ustuvorligiga oid konstitutsiyaviy tamoyil so‘zsiz ta’minlanishi shart ekanligini aytib o‘tdi.
"Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak" degan prinsip barcha bo‘g‘indagi rahbarlar faoliyatida asosiy qoidaga aylanishi kerak", — deb ta’kidladi prezident.