O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston TIV rahbarlari tarixiy hujjatni imzoladilar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlavi MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana
Glavi MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch davlatning chegaralari tutashgan nuqtasi joylashgan o‘rnini aniqlash va uning hudida davlat chegaralarini delimitatsiya qilish maqsadida uch tomonlama hujjat imzolandi.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Bugun Samarqand shahrida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuyida xalqaro konferensiya boshlandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Maqsadimiz – Markaziy Osiyoni gullab-yashnayotgan mintaqaga aylantirish
Konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to‘g‘risida shartnomani imzoladilar", — deb xabar qildi voqea joyidan Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ushbu shartnoma ratifikatsiya qilingan yorliqlar almashilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Konferensiyaning ochilish marosimida nutq so‘zlagan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tarixiy hujjat bir-biriga qo‘shni bo‘lgan uch mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlikni yanada mustahkamlashini ta’kidlab o‘tdi.

© SputnikGlavi MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana
Glavi MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Glavi MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana

Yangiliklar lentasi
0