Markaziy bank plastik kartalardan foydalanish bo‘yicha cheklovlarni bekor qildi

© JEAN-SEBASTIEN EVRARD / AFPBankovskaya karta
Bankovskaya karta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jismoniy shaxslar tomonidan xorijda bankomatlarda konversion kartalardan naqd pul yechish bo‘yicha kunlik va oylik cheklovlar, shuningdek kartalar yordamida to‘lovlar amalga oshirish bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki konversion kartalaridan foydalanish bo‘yicha cheklovlarni bekor qildi, deb xabar qildi ushbu bank matbuot xizmati.

Natsionalniy Bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Milliy bank plastik kartalariga QIWI orqali Rossiyadan pul o‘tkazish joriy qilindi

Jismoniy shaxslar tomonidan xorijda bankomatlarda naqd pul yechish bo‘yicha kunlik va oylik cheklovlar, shuningdek konversion kartalar yordamida to‘lovlar amalga oshirish bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi.

Endi konversion kartalardan dunyoning barcha mamlakatlaridagi har qanday do‘konlar, mehmonxonalarda foydalanish mumkin.

Konversion kartalar bilan davolanish, ta’lim va boshqa operatsiyalarni bajarish uchun O‘zbekistondagi bankdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjatlar (invoys) asosida amalga oshirish mumkin.

Konversion kartalar yordamida mehmonxonalar, aviachiptalar, onlayn-do‘konlarda va boshqa tovarlar va xizmatlarni xarid qilish mumkin.

Karta orqali savdo qilinganda olinadigan komission to‘lov — o‘tkazmaning 0,5 foizdan 1 foizgacha kamaytirildi.

Bundan oldin, valyuta sotib olish uchun mo‘ljallangan konversion kartalar yordamida faqatgina xorijda to‘lovlarni amalga oshirish va cheklangan miqdorda naqd pul yechib olish mumkin edi.

Yangiliklar lentasi
0