TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 6-dekabr kuni Buxoroga keldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri A.Aripov va Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev kutib oldi.
Afg‘oniston prezidenti Buxoro davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashadi va ular oldida ma’ruza qiladi.
Kunning ikkinchi yarmida prezident Muhammad Ashraf G‘ani boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.