O‘FF "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kubogi final o‘yini yuzasidan bayonot berdi

© Twitter / MSNSeremoniya nagrajdeniya Kubka Uzbekistana posle okonchaniya finalnogo matcha mejdu tashkentskimi "Bunyodkorom" i "Lokomotivom"
Seremoniya nagrajdeniya Kubka Uzbekistana posle okonchaniya finalnogo matcha mejdu tashkentskimi Bunyodkorom i Lokomotivom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv nihoyasiga yetganidan so‘ng "Bunyodkor"maydoniga yuzlab muxlislar tushib kelishgani tasvirlangan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. O‘zbekiston Futbol federatsiyasi 4-dekabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kubogi final o‘yini bo‘yicha bayonot berdi.

"Uchrashuv paytida 34 ming muxlisga mo‘ljallangan "Bunyodkor" stadioni ishqibozlar bilan to‘lib-toshdi. Bu holat yurtimizda o‘zbek futboliga muxlislar tomonidan bo‘lgan qiziqishning yana oshayotganidan darak beradi", deyiladi bayonotda.

Final o‘yini oldidan stadionda shou-dastur tashkil etildi va Shahzoda, Rayhon, "Ummon", "Benom", Shahriyor, Ruxshona kabi estrada yulduzlari chiqish qilishdi.

O‘FF shou dasturini tashkil etishda ko‘rsatgan amaliy yordami uchun O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Vibori prezidenta FIFA - Sputnik O‘zbekiston
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘olibiga sovrinni OFK prezidenti topshiradi

"Shu yilning 25-noyabr kuni Yaponiyaning Saytama shahrida OChL finali bo‘lib o‘tgan va bu final uchrashuvini PFL bosh direktori Omon G‘ofurov bevosita stadiondan kuzatib borgan edi. Omon G‘ofurov OChL finali kabi nufuzli musobaqalarni tashkil etish tajribasini o‘rganib, bu tajribani yurtimizda ham qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Kubogi finalini katta shou tariqasida o‘tkazishga qaror qilindi.

Muxlislarni stadionda xursand qilish maqsadida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan koptok va sharflar sovg‘a tariqasida tarqatildi. Muxlislarning emotsiyalarga berilib, o‘yin yakuniga yetganidan so‘ng "Lokomotiv" klubi futbolchilarini tabriklash maqsadida maydonga chiqib ketishi kabi vaziyatlar futboli rivojlangan davlatlarda ham uchrab turadigan holat hisoblanadi", deyiladi O‘FF bayonotida.

Final uchrashuvini OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bevosita stadiondan kuzatib bordi.

Bayonotda "OFK prezidenti murosasiz kechgan final o‘yinidan katta taassurot olganini ta’kidlab, malakatimizda muxlislarning futbolga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanini qayd etib o‘tdi. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi kelasi mavsumdagi uchrashuvlarni ham ko‘tarinki kayfiyatda, haqiqiy bayram tarzida o‘tkazib, futbol muxlislarini xursand qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini davom ettiradi", deyilgan va muxlislarni stadionga chorlangan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv nihoyasiga yetganidan so‘ng "Bunyodkor"maydoniga yuzlab muxlislar tushib kelishgani tasvirlangan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

Yangiliklar lentasi
0