Rossiyadan UZCARD kartalariga pul o‘tkazmalarini jo‘natish xizmati joriy qilindi

© uzcard.uzPlastikovie karti Uzcard
Plastikovie karti Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UZCARD kartalariga pulni Rossiya yoki yaqin xorij mamlakatlaridagi istalgan CONTACT tizimi nuqtalaridan jo‘natish mumkin

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. CONTACT to‘lov tizimi UZCARD kartalari orqali ham pul o‘tkazmalarini jo‘natish xizmatini joriy qildi. Bu haqda uzcard.uz xabar qildi.

Xabarda bildirilishicha, pul o‘tkazmalarini UZCARD kartalariga hisob raqamining rekvizitlarisiz, karta egasining ismi, familiyasi, sharifi va boshqa qo‘shimcha axborotlar talab qilinmagan holatda, faqat kartaning yuz qismidagi raqamlarni ko‘rsatgan holda Rossiya yoki yaqin xorij mamlakatlaridagi istalgan CONTACT tizimi nuqtalaridan jo‘natish mumkin.

Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Uzcard plastik kartalariga MasterCard orqali pul o‘tkazish mumkin bo‘ladi

"O‘tkazmalar AQSh dollarida amalga oshiriladi va banklardan ham shu tartibda qabul qilinadi. Jo‘natma UZCARD kartasiga 1 daqiqadan bir necha daqiqagacha bo‘lgan vaqtda kelib tushadi, bu jarayon emitent bankka bog‘liq", — deyiladi xabarda.

Xabarda jo‘natmalar barcha UZCARD kartalariga jo‘natilishi mumkinmi yoki faqatgina xalqaro plastik kartalargami ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Hozirgi kunda respublikadagi 29 ta bank UZCARD kartalari emitentlari hisoblanadi. O‘zbekistonda birinchi bo‘lib bu xizmatni O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy banki yo‘lga qo‘ydi, keyinchalik xizmat butun respublikaga yoyildi. Tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitob ishlarini Rossiyaning kredit tashkiloti — "Aziya-Invest Bank" aksionerlik tijorat banki amalga oshiradi.

Ayni vaqtda CONTACT Xitoyning milliy to‘lov tizimi China Union Pay, Qirg‘izistonning milliy "Elkart" to‘lov tizimi, Pridnestrovye Moldaviya Respublikasining milliy "Pridnestrovye" to‘lov tizimi va Moldovaning "Raduga" tizimlari bilan xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha loyihalar ustida ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0