TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Toshkent xalq deputatlari tuman kengashlari cayloviga oid targ‘ibot ishlari boshlandi. Toshkent shahar hokimiyatining xabariga asosan.
Saylovlar davomida tajriba sifatida saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tuzildi.
Markaziy saylov komissiyasining xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari ishini tashkil qilish to‘g‘risidagi yo‘riqnomasi ishlab chiqildi. Unda uchastka saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish, komissiyalarning vakolatlari, amalga oshiriladigan ishlar, xonalarni jihozlash, muddatidan oldin ovoz berish, ovoz berish tartibi kabi vazifalar belgilandi.
"Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 90 saylov uchastkasida ish qizg‘in davom etmoqda. Saylov jarayonlari ochiq va oshkora amalga oshirilishi borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilayotir. Ro‘yxatga olingan nomzodlar, ularning ishonchli vakillari siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, kuzatuvchilar, taklif etiladigan davlat hokimiyati organlari mutaxassislari uchun barcha sharoit yaratilmoqda", — deydi 3-Oqqo‘rg‘on saylov okrugi raisi Muhtabar Maraimova.