Buxoro shahrida joylashgan yirik mehmonxonalardan biri sotuvga qo‘yildi

© Orient MiceBuxara Palas
Buxara Palas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Buxoro Palas" mehmonxona majmuasi sotuvga qo‘yildi. Lot boshlang‘ich narxi 26 milliard so‘m etib belgilandi

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Sotuvga sobiq "Buxoro Palas" mehmonxonasi va inshootlari sotuvga qo‘yildi. Savdolarga xorijiy sarmoyadorlar taklif qilinmoqda.

Vstrecha prezidenta RF V. Putina s premyer-ministrom Indii N. Mod - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Buxoroda zamonaviy sayyohlik majmuasini barpo etadi

Davlat raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, lotning boshlang‘ich narxi 26,4 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Yerning umumiy maydoni — 1,9 gektar, bino va inshootlarning maydoni — 8581,2 kvadrat metrdan iborat.

Mehmonxona Buxoro shahri hokimiyati balansida.

Ta’kidlab o‘tamizki, "Buxoro Palas" mehmonxonasi va inshootlari O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 19-maydagi qaroriga asosan xorijiy sarmoyadorlarga sotiladi.

Auksion savdolari 2017-yil 20-dekabr kuni davlat raqobat qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi binosida o‘tkaziladi. Xaridorlar boshlang‘ich narxning 10 foizdan kam bo‘lmagan garov mablag‘ini o‘tkazib berilishi talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0