TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Rossiyaning "Prodimeks" kompaniyalar guruhi O‘zbekiston bozoriga shakar yetkazib bermoqda. Bugungi kunga kelib respublikaga 50 vagon shakar jo‘natildi va har kuni yangi hajmda mahsulot yetkazilmoqda, deb xabar berdi nuz.uz.
"Shakar rejadagidan ortiq miqdorda ishlab chiqarilgani sababli ortiqcha mahsulotni xorijga eksport qilmoqdamiz. O‘zbekiston biz uchun salohiyatli bozor hisoblanadi", – "Prodimeks" direktori o‘rinbosari Vadim Yerijenskiy.
Agroxoldingdagilarning aytishlaricha, bojxona qiyinchiliklari bois respublikaga Rossiya shakari 26-yil davomida eksport qilinmagan.
"Prodimeks" kompaniyalari guruhi Rossiyadagi yirik agroxoldinglardan bo‘lib, Voronej viloyatida sakkizta korxonasi bor. Agroxoldingning barcha shakar ishlab chiqarish zavodlari sutkasiga 78,5 ming tonna qand lavlagini qayta ishlab chiqarish quvvatiga ega.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan 15-sentabrdan mamlakatga keltiriladigan shakarni import boji va aksiz solig‘i stavkalarini umuman bekor qilgandi. Undan avval, 2000-yillar boshidan 30 foizlik stavka qo‘llanilgan.
Rasmiy statistika ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda shakarga bo‘lgan yillik ehtiyoj — 700 ming tonnani tashkil qiladi. 1998-yilda birinchi Xorazmda "Xorazm-shakar" zavodi ish faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi. Ushbu zavod bir sutkada 1 ming tonna shakar ishlab chiqarish quvvatiga ega.
2014 yil yakunida Toshkent viloyatida "Angren Shakar" MChJ XK shakar zavodi ishga tushirilgan.