TOShKENT, 27 noya — Sputnik. 27-29 noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab haroratning pasayib, yomg‘ir hamda qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda respublika Gidrometeorologiya markazi xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, respublika bo‘ylab havo harorati 13 darajagacha tushishi kutilmoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 27-28 noyabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 29-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib 5-10 m/s.da esadi. 28-noyabr kechqurun havo harorati —1… —3, kunduzi 5…7 daraja iliq bo‘ladi; 29-noyabr kechqurun — 5… — 1, kunduzi 6…8 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 27-noyabr kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 28-noyabr kuni yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. 29-noyabr kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib 3-8 m/s.da esadi, 28-29 noyabr kunlari ba’zi joylarda 5-10 m/s.gacha kuchayishi mumkin. 28-29 noyabr kunlari kechqurun havo harorati — 3… —8, kunduzi 0…5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 27-noyabr kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 28-29 noyabr kunlari esa yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib 3-8 m/s.da esadi. 28-29 noyabr kechqurun havo harorati — 5…0, kunduzi 2…7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 27-noyabr kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 28-29 noyabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib 3-8 m/s.da esadi. 28-29 noyabr kunlari kechqurun havo harorati — 5… 0, kunduzi 5…10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 27-28 noyabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 29-noyabr kuni kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib 5-10 m/s.da esadi. 28-29 noyabr kunlari kechqurun havo harorati —5…0, kunduzi 2…7 daraja iliq bo‘ladi.