Rossiyada “Ozodlik”, “Amerika ovozi” va yana 7 OAV xorijiy agent deb e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Ro‘yxatdan joy olgan OAV jurnalistlariga Federatsiya kengashiga va Davlat dumasiga kirish taqiqlanadi.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Rossiya Adliya vazirligi to‘qqizta OAV, xususan, “Amerika ovozi”, “Ozodlik” radiosi va "Nastoyashee vremya" telekanalini xorijiy agent deb e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Ro‘yxatdan shuningdek, "Idel.Realii", "Kavkaz.Realii", "Krim.Realii", “Ozodlik” radiosining tatar-boshqird xizmati (Azatliq Radiosi), "Ozod Yevropa/Ozodlik" radiosi (PCE/PC), "Sibir.Realii" va "Faktograf" loyihasi joy olgan.

Simonyan prokommentirovala slova Makrona v adres Sputnik i RT - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik bosh muharriri: bizni yolg‘onchilikda ayblaganlar sudda javob beradi

Ro‘yxatdan joy olgan OAV jurnalistlariga Federatsiya kengashiga va Davlat dumasiga kirish taqiqlanadi.

Davlat suverenitetini himoya qilish bo‘yicha Federatsiya kengashi komissiyasi raisi Andrey Klimovning aytishicha, xorijiy agentlar ro‘yxati hozircha kengaytirilmaydi.

"Bu ro‘yxatga Amerikaning davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va faoliyatini rus tilida olib boradigan targ‘ibotchi kompaniyalari kiritildi. CNN targ‘ibotchi kompaniya emas va boshqa OAV ham bu ro‘yxatga kiritilmaydi", — dedi senator.

Rossiya prezidenti xorijiy agent OAV haqidagi qonunni 25-noyabr kuni imzolandi. Bu hujjat Rossiyaning RT America va Sputnik — Reston Translator hamkor kompaniyasini xorijiy agent sifatida ro‘yxatdan o‘tishni talab qilgani uchun AQShga majburiy javob chorasi deb baholanmoqda.

Qonunga ko‘ra, xorijdan moliyalashtiriladigan (jumladan, xorij manbalari homiylik qiladigan Rossiya yuridik shaxslari tomonidan) har qanday xorij OAV xorijiy agent deb hisoblanadi.

Xorijiy agent deb e’lon qilingan OAV o‘z materiallarida bu haqda belgi qo‘yishi va hisobot topshirib turishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0