TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston Konstitutsion sudlari hamkorlik memorandumi imzolaydi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.
"Tojikiston va O‘zbekiston Konstitutsion sudlari rahbarlari Mahkam Mahmudzoda va Baxtiyor Mirboboyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlarning hamkorlik haqida memorandum imzolashlaridan manfaatdor ekanligini bildirishdi", — deyiladi xabarda.
Ikki davlat Konstitutsion sudlari rahbarlari ikki mamlakat yetakchilarining oqilona siyosati tufayli mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning izchil rivojlanib borayotganligini mamnuniyat bilan qayd etishdi, deya xabar beradi matbuot xizmati.
Tojikiston KS raisi Mahkam Mahmudzoda boshchiligidagi Tojikiston delegatsiyasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda ishtirok etdi.