O‘zbekiston va Tojikiston chegara masalalarida uchrashuv o‘tkazadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Tojikistonning favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlari chegara masalasida uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Linii elektroperedachi v ushelye Chichkan v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston parallel energotizim ishini tiklaydi

Xabarda aytilishicha, 15-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Tojikistonning favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida qisqa vaqt davomida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarida chuqur o‘zgarishlar yuz bergani ta’kidlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi amaliy masalalari muhokama qilindi.

Keyingi paytda Toshkent va Dushanbe o‘rtasida avia qatnovlar qayta tiklandi, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning majlisi o‘tkazildi, davlatlararo chegaralarni delimitatsiya qilish bo‘yicha Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, turli sohalarda, xususan madaniy-gumanitar sohadagi qo‘shma tadbirlar ham jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0