Jeenbekov Qirg‘iziston armiyasi qudrati haqida gapirdi

© © Press-slujba pravitelstva / Sabir AilchiyevSooronbay Jeenbekov
Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti mamlakat mudofaasi ishonchli qo‘llarda, deb bayonot qildi. Jeenbekov harbiy xizmatchilar shart-sharoitlarini yaxshilash ishlari bundan keyin ham davom ettirilishini ma’lum qildi

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Rayiberdi Duyshanbiyevni qabul qildi, deb xabar berdi Qirg‘iziston prezidenti matbuot-xizmati.

Chto skazali jurnalistam Jeenbekov i Nazarbayev — video - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov va Nazarboyev nimalar haqida kelishib olishdi
Xabarda aytilishicha, Duyshanbiyev Qurolli kuchlarni rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, harbiy xizmatchilarning texnik jihozlangani, ijtimoiy muhofazasi, armiyaning mudofaaga qodirligi hamda u yerdagi tartib-intizom to‘g‘risida prezidentga axborot bergan.

Jeenbekov, shuningdek, sobiq prezident Almazbek Atambayev "Qirg‘iziston Qurolli kuchlarida qator ijobiy islohotlarni amalga oshirgani"ni ta’kidlab o‘tgan.

"Biz bugun kuchli, yaxshi jihozlangan armiyaga egamiz. Mamlakat mudofaasi uchun ko‘nglimiz to‘q bo‘lishi mumkin. Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi, respublikaning barcha viloyatlarida yangi va zamonaviy turar-joylarni qurishda davom etamiz", — deb qayd etdi davlat rahbari.

Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti qurolli kuchlar tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurash ham davom ettirilishi lozimligini qo‘shimcha qildi.

"Hukumatning barcha tarmog‘ida korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurashni davom ettiramiz", — deb ta’kidladi Jeenbekov.

Jeenbekov o‘z so‘zi yakunida Bosh shtab rahbaridan ushbu yo‘nalishda ishlarni kuchaytirishni talab qilgan.

Yangiliklar lentasi
0