Toshkentda Koreya animatsiyasi kunlari boshlandi

© AP Photo / Ahn Young-joonPingvinenok Pororo
Pingvinenok Pororo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Pororo - kiber oraliqdagi sayohat" Koreyada eng mashhur bo‘lgan multfilmlardan biri sanaladi, u ilk bor o‘zbek tilida taqdim etildi

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda "O‘zbekkino" Milliy agentligi hamkorligida Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida "Koreya animatsiyasi kunlari" ochildi, deb xabar qildi "O‘zbekkino" milliy agentligi.

Kinoplenka - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekkino” ishlab chiqaradigan badiiy va multfilmlar soni oshiriladi
Tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi janob Kvon Yon U ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Kinozalni to‘ldirib o‘tirgan bolalarga murojaat qilar ekan, u nutqini to‘liqligicha o‘zbek tilida bayon qildi. Janob Kvon Yon U bu yilgi tadbirdan o‘rin olgan Pororo — kiber oraliqdagi sayohat multfilmi haqida hikoya qilib, filmning bolalarga manzur bo‘lishiga umid bildirdi.

Pororo — kiber oraliqdagi sayohat" multfilmi — Koreyada eng mashhur bo‘lgan Pororo nomli multserialning kinoteatr uchun ishlangan 3-to‘liq metrajli animatsion filmi bo‘lib, ilk namoyishning birinchi haftasidayoq 160 mingdan ziyod tomoshabinni yig‘a olgan va birinchilikni qo‘lga kiritgan kartina hisoblanadi.

Ushbu film o‘zbek bolalari uchun o‘zbek tiliga dublyaj qilinib, ilk marta taqdim etildi.

Yangiliklar lentasi
0