TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taniqli madaniyat namoyandalari, atoqli shoir va adiblar, teatr, kino, musiqa san’ati sohasining atoqli hamda yosh vakillari, san’atshunos olimlar, jurnalistlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “O‘zbekfilm”, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyalarini ta’mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, eng zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashni ko‘zda tutadigan Prezident qarori tayyorlanayotgani e’lon qilindi.
Bu hujjatga ko‘ra, “O‘zbekkino” milliy agentligi uchun davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqariladigan badiiy filmlar sonini 2018-yilda 20 ta, 2020-yilda 30 taga, multiplikatsion filmlar sonini esa 2018-yilda 15 ta, 2022-yildan boshlab 50 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, Agentlik huzurida Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi tuziladi.