TOShKENT, 4 noya – Sputnik. Markaziy bank prognoziga ko‘ra, kelasi yil O‘zbekiston Yalpi ichki mahsuloti 5,5 – 6 %ga o‘sadi.
“2018 yilda mamlakatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5-6,0 foiz atrofida bo‘lishi, Davlat budjetining profitsit bilan ijro etilishi, shunindek mamlakat to‘lov balansi, shu jumladan joriy operatsiyalar hisobvarag‘ining ijobiy saldosi kutilmoqda”, — deyilgan bank xabarida.
To‘lov balansi va joriy operatsiyalar hisobvarag‘ining ijobiyligi, o‘z navbatida, so‘m almashuv kursining barqarorligini mustahkamlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bank xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘sish asosan O‘zbekistonning tashqi hamkor mamlakatlarida sodir bo‘lgan iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liq bo‘ladi. Xususan, Rossiya, Turkiya va Qozog‘istonda kutilayotgan iqtisodiyot o‘sishi ushbu mamlakatlarda O‘zbekiston mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishiga ham olib keladi.
Shu bilan bir vaqta 2018-yilda inflyatsiya miqdorining keskin oshishiga olib kelish xavfi bor. Markaziy bank xabariga ko‘ra, bunga sabab nafaqat inflyatsiya balkim, iqtisodiyot erkinlashtiruvi, valyuta kurslarini liberallashtirish, ichki narxlarning tashqi narxlarga moslashuvi, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash miqdori oshishi va import qilinadigan yonilg‘i narxlarning o‘sishi ham bo‘lishi mumkin ekan.
Ban prognoz qilishicha, yuqoridagi omillar tufayli 2018-yilda ham yillik inflyatsiya miqdori 11,5-13,5 %ni tashkil etishi mumkin.
Markaziy bank inflyatsiya sur’atlarini imkon qadar qisqa muddatlarda bir xonali son darajasigacha pasaytirish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rib boradi. Xususan, qayta moliyalash stavkasi 2018-yil davomida ham 14 % miqdorida saqlab turish rejalashtirilmoqda.