Bu yil YaIM o‘sishi 7,4 % ni tashkil qiladi

Obuna bo‘lish
Jahon banki prognoziga ko‘ra 2016-yilda O‘zbekiston YaIMi 7,3% ga o‘sgan, 2017-yilda esa 7,4 %ga o‘sadi.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Jahon bankining yanvar oyida chop etilgan "Jahon iqtisodi istiqbollari" nomli hisobotida aytilishiga ko‘ra 2017-yilda O‘zbekistonda haqiqiy YaIM o‘sish miqdori 7,4 % ni tashkil qiladi, "Darakchi" xabariga asosan.  

Ekspertlar fikriga ko‘ra, 2018-2019 yillarda ham iqtisod o‘sish miqdori 7,4 % darajasida saqlanib qoladi. Bu oldingi prognozlarga nisbatan 0,2 %ga ko‘p.

2016 yilda O‘zbekiston iqtisodining o‘sish miqdori 7,3 % ni tashkil qilgan edi.

Jahon banki ekspertlari 2017-yilda dunyo iqtisodi o‘sish miqdorini o‘rtacha 2,7 % darajasida belgiladi.

Yangiliklar lentasi
0