TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Turkiyaning Istanbul shahrida kattalar o‘rtasidagi kurash bo‘yicha XI jahon chempionati yakunlandi, deb xabar berdi "Xalq so‘zi".
O‘n besh vazn (erkaklar 7, ayollar 8) toifasida o‘tkazilgan bahslar yakunida o‘zbekistonlik sportchilardan Shahram Ahadov (66 kg.), Davlat Abrayev (73 kg.), Kamoliddin Rasulov (81 kg.), Shuhratjon Arslonov (90 kg.), Muhsin Hisomiddinova (+100 kg.) g‘oliblikka erishdi.
Xotin-qizlar o‘rtasida esa Mohinur Mo‘minova (48 kg.), Gulnor Sulaymonova (52 kg.), Dildor Shermetova (57 kg), Kumush Yo‘ldosheva (78 kg.), Rahima Yo‘ldosheva (87 kg.) oltin medallarga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Ilhom Jo‘rayev, Muhriddin Qurbonov, Oysuluv Abdumajidova, Omongul Allanazarova, Mohinur Pirnazarova, Gulmira Ismatova, Gavhar Xudoyqulova, Maftuna Esanova, Malohat Ro‘ziyeva, Renata Ilmatova va Beg‘am Boyimova sovrindorlar safidan joy oldi.