"Oldinga yur doim mag‘rur" - o‘zbek sportchilari haqida ajoyib klip yaratildi

© UZ24Tashkent vstrechayet olimpiysev
Tashkent vstrechayet olimpiysev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Klip qahramonlari afsonaviy tennischi Iroda To‘laganova, 23 yoshida Xalqaro havaskorlik boksi uyushmasi (AIBA) versiyasi bo‘yicha 2016-yilning eng yaxshi bokschisiga aylangan Hasanboy Do‘smatov va bugunning boshqa mashhur sportchilaridir

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. "Ko‘k Choy" guruhi O‘zbekiston nomini butun dunyoga mashhur qilgan va sport olamida yuqori cho‘qqilarni egallagan o‘zbek sportchilari haqida klip suratga oldi.

"Klipning asosiy g‘oyasi yoshlar sportini har bir yigit-qiz hayotining ajralmas qismi sifatida ommalashtirish va rivojlantirishdan iborat. Har bir inson cho‘qqilarni zabt etishi mumkin, hammasi faqat o‘zimizga bog‘liq!", deyiladi guruhning Facebookdagi sahifasida.

Klip qahramonlari afsonaviy tennischi Iroda To‘laganova, 23 yoshida Xalqaro havaskorlik boksi uyushmasi (AIBA) versiyasi bo‘yicha 2016-yilning eng yaxshi bokschisiga aylangan Hasanboy Do‘smatov va bugunning boshqa mashhur sportchilaridir.

Yangiliklar lentasi
0