Turobjon Jo‘rayev Jomboy hokimini ishdan oldi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimi bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun lavozimdan olindi

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Jomboy tumani hokimi H.Bo‘riyev o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilindi, bu lavozimga viloyat hokimi T. Jo‘rayev tavsiyasiga ko‘ra, viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Umidjon Nazarov tasdiqlandi.

Oqbo‘tayev Himmat Qo‘chqorovich - Sputnik O‘zbekiston
Mas’uliyatsizlikda ayblanib, ishdan olingan Oqbo‘tayev yana rahbarlik vazifasiga qaytarildi
Viloyat hokimi keyingi yillarda Jomboyda mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ishchi o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan yetarlicha foydalanilmayotganini, ayniqsa, tomorqa daromadini ko‘paytirish dasturi ijrosi bajarilmayotganini ta’kidladi. Tomorqalarda yetishtirilgan hosilni xarid qilish yo‘lga qo‘yilmagani natijasida bozorda kartoshka va boshqa ayrim mahsulotlar narxi oshib bormoqda.

Hokim tomonidan tumanda bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga jalb etish qoniqarsiz holatdaligini qayd etgan.

Sessiyada shuningdek, yerdan foydalanishdagi o‘zibo‘larchilik keskin tanqid qilinib, xususan, almashlab ekish, yerni mineral va mahalliy o‘g‘itlarga to‘ydirish e’tibordan chetda qolayotgani qo‘shimcha qilingan. Buning ustiga, sug‘oriladigan maydonlarda o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurish holatlari mavjud.

Viloyat hokimi o‘z nutqida yoshlar tarbiyasi, jinoyatchilikka qarshi kurash, ta’lim sifatini oshirish borasida ham foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan mulohazalar bildirdi. Sektorlar ishida faollik va tashabbuskorlik yetishmayotgani qayd etilib, aholi bilan muloqot, ularning muammolariga yechim topishda to‘rt sektor faoliyati ham talab darajasida emasligi tanqid qilindi.

Yangiliklar lentasi
0