TOShKENT, 1 dek – Sputnik. O‘zbekistonda mehnat migrantlarini huquqiy, ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fond tashkil etilishi mumkin, deb xabar bermoqda Podrobno.uz. Xabarda aytilishicha, uni tashkil etish zaruriyati "Tashqi mehnat migratsiyasi haqida"gi qonun loyihasida ko‘rsatilgan.
Hujjatga muvofiq, fond faoliyati asosan respublika fuqarolarining xorijda ishga joylashishlariga ko‘maklashish hamda ularga huquqiy, ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi.
Qonun loyihasida fond tomonidan ko‘p funksiyali migratsion xizmat markazlarini moliyalashtirish hamda band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlash ehtimoli ko‘rsatib o‘tilgan.
Ilgariroq O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Jamoat ishlari jamg‘armasi tashkil etilgandi.