Toshkentda "ko‘rinmas" raqamli avtomobil ushlandi

© SputnikAvtomobil GAI
Avtomobil GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomobil egasi mashina oldidagi davlat raqamiga maxsus plonka yopishtirgan ekan: nazorat kuzatuv kamerasi bu davlat raqamini suratga olganda, raqam o‘rniga oq tusdagi belgilarni qayd etganligi ma’lum bo‘ldi

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Toshkent yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari chorrahalarda o‘rnatilgan YHQ qayd etish kameralariga ko‘rinmagan "Matiz" rusumli avtomobilni qo‘lga olishdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

DTP v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "ZIL" katta tezlikda 7 ta mashina va avtobusni urib ketdi

"27 noyabr kuni taxminan soat 20-00larda Toshkent shahar IIB YHX xodimlari Yashnaobod tumanida joylashgan "Cho‘lpon" blok postida o‘tkazilgan tekshiruv davomida "Matiz" rusumli avtomobilni to‘xtatishdi. Ushbu avtomobil 1963-yilda tug‘ilgan Maxamat Mirsidiqov boshqaruvida bo‘lgan", — deya ta’kidlashdi Toshkent IIBBda.

Ichki ishlar xodimlari ushbu avtomobil oldidagi davlat raqamining ustki qismiga maxsus plonka yopishtirilganligini aniqlashdi. Bu davlat raqamini nazorat kuzatuv kamerasi suratga olganda, raqamlar o‘rniga oq tusdagi belgilarni tasvirga olishi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan Mirsidiqovga nisbatan transport vositasidan foydalanish qoidalarini buzilishi bandi yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, uning avtomobili jarima turargohiga joylashtirildi.

O‘zbekistonda qalbaki davlat raqamlarini taqib olish yoki ularni boshqa usullar bilan o‘zgartirish bo‘yicha harakatlarini sodir etish eng kam ish haqining 10 baravar, bu sal kam 1,5 million so‘m miqdorida jarimaga tortiladi.

Zavod Hyundai v Yujnoy Koree - Sputnik O‘zbekiston
Hyundai O‘zbekistonda qanday avtomobil ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 15-martdan boshlab Toshkentning 115 ta chorrahasida yo‘l transport xodisalarni maxsus foto va video kuzatuv tizimi ishga tushirilgan bo‘lib, jami 883 ta kuzatuv videokameralari o‘rnatildi. Hozirgi kunda ushbu tizimda yo‘l harakati qoidalarining 2 turdagi buzilishini avtomatik qayd etish funksiyasi mavjud. Bular — avtotransport haydovchilarining belgilangan harakatlanish tezligini oshirishi va sfetoforning taqiqlovchi belgisida o‘tish qoidabuzarliklari.

Bundan tashqari, ushbu tizimni rivojlantirish doirasida yana 280 ta chorrahalarda kameralar o‘rnatiladi. Mazkur chora-tadbirlar "Xavfsiz shahar" dasturi asosida kelgusi 2-yil davomida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0