Toshkent quruvchilariga yuk mashinalar g‘ildiraklarini yuvish talabi yuklatildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVoditel gruzovika
Voditel gruzovika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qoidalarga rioya qilmagan tashkilotlarga nisbatan qurilish ishlarini to‘xtatishgacha, shuningdek, jarima choralari qo‘llanilishi mumkin.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Toshkentda barcha qurilish obyektlarida ishlayotgan yuk mashinalari shahar yo‘llariga chiqishdan oldin, mashina g‘ildiraklarini yuvish majburiyati joriy qilindi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Sotrudnik kommunalnix slujb vigrujayet musor - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chiqindilarni to‘plash tizimida 10 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi

Bu haqda Toshkent shahar hokimi Raxmonbek Usmonov tegishli hujjatni imzoladi.

Ushbu hujjat atrof-muhitni asrash va shahar ko‘chalarini ortiqcha ifloslanishini oldini olishga qaratilgan.

Bugungi kunda Toshkentda ko‘plab qurilish obyektlar ish olib bormoqda.

Ko‘p hollarda qurilish obyektlardan chiqqan yuk mashinalari shahar yo‘llarini ifloslantirmoqda. Shuningdek, shahar yo‘llari yuqori darajada chang bo‘lib qolmoqda. Endi qurilish obyektlari yuk mashina g‘ildiraklarini yuvish uskunalari bilan jihozlanadi. Mas’ul xodimlar yuk mashinalar faqat toza g‘ildiraklarda yo‘lga chiqishini nazorat qiladi.

Shu kunlarda o‘tkazilgan brifing chog‘ida hokim o‘rinbosari Farida Abduraximova hujjat talablarini bajarish boshlab yuborilganligini ma’lum qildi. Masalan, Sergeli tumanida yirik qurilish olib borilayotgan obyektda transport vositalarning g‘ildiraklarini yuvish punktlari tashkil qilindi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Sergeli tumanida amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi
Yangi qoidalarga rioya qilmagan qurilish tashkilotlarga nisbatan qurilish ishlarini to‘xtatishgacha, shuningdek, jarima choralari qo‘llanilishi mumkin.

Hujjatning yana bir muhim bandi — qurilish materiallarni yuk mashinalarda tashish qoidalariga amal qilishini ta’minlash. Qum, tuproq, qurilish chiqindilari ko‘chalarning tozaligiga salbiy ta’sir qilmoqda. Yangi qoidalarga ko‘ra, materiallarni maxsus jihozlangan yuk mashinalarda dastlabki suv bilan namlangandan so‘ng tashish talab etildi. Agarda bu chora yetarli bo‘lmasa, qurilish materiallar brezent bilan yopilishi zarur.

Bundan tashqari, qurilish chiqindilarini faqat maxsus ajratilgan joylarga olib chiqish talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0