TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Joriy yil 28 noyabr kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Odam immuniteti tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha buyruqni tasdiqladi.
Buyruq talablariga ko‘ra, endi tekshiruvdan o‘tayotgan shaxsni g‘ayriixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoki sud ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Buyruq Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.