MXX narkosavdogarlar guruhini fosh etdi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oqilbek Mirzayev va Oybek G‘oziyev tojikistonlik Akrom ismli shaxs bilan til biriktirib, Toshkent viloyati Bekobod tumani hududidagi aylanma yo‘llar orqali bojxona postlarini aylanib o‘tib respublika hududiga bir kilodan oshiq afun olib kirishgan

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari bilan hamkorlikda giyohvand moddalar kontrabandasi va savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yishdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

"O‘zbekiston fuqarolari Oqilbek Mirzayev va Oybek G‘oziyev tojikistonlik Akrom ismli shaxs bilan til biriktirib, Toshkent viloyati Bekobod tumani hududidagi aylanma yo‘llar orqali bojxona postlarini aylanib o‘tib respublika hududiga bir kilodan oshiq afun olib kirishgan. Ular giyohvand moddani Bekobod hududidagi ko‘prik ostiga yashirishgan", — dedi MXX vakili.

Spetsialist ekspertno-kriminalisticheskogo sentra issleduyet marixuanu - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda narkoguruhlarga qarshi reydlar o‘tkazildi

Ertasi kuni Mirzayev yashirib qo‘yilgan yukni oladi va xaridorga berish uchun Bekobod markaziy bozoriga keladi. Xaridor Ruslan Eshonqulov Faxriddin Qodirov boshqaruvidagi "Damas" ichida uni kutib o‘tiradi.

Tezkor xodimlar "Damas" ichida savdolashayotgan barcha ishtirokchilarni qo‘lga oldi.

"Oqil Mirzayevning yonidan rangli sellofan xalta topildi. Ekspertiza tekshiruvida uning ichidagi modda og‘irligi bir kilogrammdan ortiq afun ekanligi aniqlandi", — dedi kuch ishlatish tizimi vakili.

Dastlabki surishtiruv davomida Ruslan Eshonqulov afunni Doniyor Hasanovga berishi, pulni esa Tojikistonga jo‘natishi rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

Milliy xavfsizlik xizmati jinoiy guruhning barcha ishtirokchilariga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi.

Yangiliklar lentasi
0