Tomchilatib sug‘orish tizimlarini xarid qilgan fermerlarga imtiyozlar berildi

© Sputnik / Yuriy Lashov / Mediabankka o‘tishTomchilatib sug‘orishga tayyor dala maydonlari
Tomchilatib sug‘orishga tayyor dala maydonlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomchilatib sug‘orish tizimlarini xorijdan xarid qilgan fermerlar 2021-yilgacha bojxona imtiyozidan foydalanishlari mumkin. 2015-yilda O‘zbekiston hukumati tomchilatib sug‘orish tizimini rivojlantirishga 200 million so‘mdan ko‘p mablag‘ sarfladi.

TOShKENT, 22 apr – Sputnik. Tomchilatib sug‘orish tizimlarini xorijdan xarid qilgan fermerlar 2021-yil 1-yanvargacha bojxona imtiyozidan foydalanishlari mumkin, deb xabar qiladi "Ekonomicheskoe obozrenie" nashri.

Bojxona imtiyozi, tomchilatib sug‘orish tizimlaridan tashqari, mevali ekinlar ko‘chatlari va payvandtaglarga ham joriy etiladi, deyiladi hujjatda.

Respublika qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 18,5 ming gektar yerda tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalaniladi, egiluvchan quvurlar bilan esa 18,4 ming gektar yer sug‘oriladi. Plonkali sug‘orish usuli 16,3 ming gektar yerda qo‘llaniladi.

2015 yilda Respublikada tomchilatib sug‘orish tizimini rivojlantirishga 200 million so‘mdan ko‘p mablag‘ sarflangan.

Hukumat 2018-yilga qadar tomchilatib sug‘oriladigan yer maydonlarini 25 ming gektarga yetkazishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0