TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Tashqi savdo vaziri Elor G‘aniyev lavozimidan ozod etildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga binoan, vazirlikning yangi rahbari etib Jamshid Xo‘jayev tayinlangan.
Tashqi savdo vazirligi vakili xabariga ko‘ra, Elor Majdovich Prezident devoniga ishga o‘tish munosabati bilan lavozimidan ozod qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Elor Madjidovich 1960-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1997-yildan buyon O‘zbekiston Tashqi Iqtisodiy va Savdo aloqalari sohasi rahbari vazifasida ishlab kelgan. 2005-2006 va 2010-2012 yillarda Tashqi ishlar vaziri lavozimida ham faoliyat yuritgan. Mutaxassisligi bo‘yicha injener-geolog. Oilali uch bolasi bor.
Elor G‘aniyev O‘zbekiston voleybol Federatsiyasi prezidenti.