O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida samolyotlar parvozi yo‘lga qo‘yiladi

Obuna bo‘lish
Birinchi bort 29-noyabr kuni 09.00da Qobuldan kelib qo‘nadi. Reyslar Afg‘oniston aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi kutilmoqda, reyslar jadvali haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida ilk marotaba aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ilk reys chorshanba kuni, ya’ni 29-noyabrda Qobuldan qabul qilib olinadi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari"dagi manbadan olingan xabarga ko‘ra, parvozlar Afg‘onistonning Kam Air kompaniyasi tomonidan kod-shering (reyslarni hamkorlikda ekspluatatsiya qilish) shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ikki mamlakat o‘rtasida aviaqatnovlar Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi oldidan yo‘lga qo‘yilmoqda. Ashraf G‘ani O‘zbekistonga dekabr oyi boshlarida kelishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0