TOSHKENT, 20 noya — Sputnik. Toshkentdagi ruhiy xastaliklar klinikasidan bugun qochib ketgan uch bemorning ikki nafari ushlandi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
20 Noyabr 2017, 11:34
Hozircha Toshkent shahar hududida boʻylab xizmat kuchaytirilgan tartib olib tashlangani yoʻq.
Bemorlarni ushlash maqsadida tezkor qidiruv rejasiga asosan barcha postlarda xizmat kuchaytirilgan tartibga oʻtkazilgan. Toshkentdan chiqish uchun postlarda 1,5 soat vaqt kutishga toʻgʻri keldi.
Eslatib oʻtamiz, bugun Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatish shifoxonasidan uch nafar bemor qochib ketgan edi. Manba maʼlumotlariga koʻra, ruhiy xasta bemorlar turli jinoyatlarda ayblangan boʻlgan.