TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashi qishloq joylarda aholiga tibbiy-sanitariya yordam sifatini yaxshilash maqsadida 45 million dollar ajratishni tasdiqladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
OTBning 2004-yildan biri sog‘liqni saqlash sohasida birinchi loyihasi hisoblanadi. Uning doirasida 793 yangi oilaviy poliklinikalardagi qishloq vrachlik puntlari zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu ko‘mak yordamida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida mavjud bo‘lgan dolzarb muammolarni hal qilish, yurak hastaliklarini davolash, bola tug‘ishdan oldin kuzatuv ishlarini yaxshilashga imkoni beradi.
Bundan tashqari, respublika tibbiyot xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini o‘tkazish ham nazarda tutilgan.
"O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi aholi salomatligini yaxshilashda ijobiy natijalarga erishdi. Lekin tibbiy-sanitariya yordam sifatini yaxshilash zarurati mavjud. Jumladan, respublikaning chekka tumanlarda. Biz tibbiyot muassasalarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash va xodimlarni malakasini oshirish borasida hukumat bilan yaqindan hamkorlik qilamiz", — dedi OTB Markaziy va G‘arbiy Osiyo sog‘liqni saqlash departamenti mutaxassisi Megan Kunaxan.
Eslatib o‘tamiz, OTB O‘zbekistonga 31,7 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratildi.