TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Sobiq prezident Qurmonbek Boqiyevning qaytish haqidagi gaplari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin noroziligini keltirib chiqardi, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.
Egnimda nima bo‘lsa, o‘shanda chiqib ketganman. Bilmadim, ehtimol, tarixiy yodgorlik sifatida bo‘lsa kerak, ichki kiyimlarim, paypoq va hatto shortiklarimgacha olib chiqib ketishgan. Kosa-tovoqlar haqida-ku gapirmasam ham bo‘ladi. Ishonchim komil, vaqti kelib vatanimga qaytaman", — degan qochqin prezident filmda.
Sputnik Qirg‘iziston nashri Boqiyevning ushbu gaplariga javoban ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan izohlarni keltirib o‘tgan, deb yozadi nashr.
Qirg‘izistonlik Meerim Asanova bu nimadan darakligini tushunolmagan.
"Bu nimasi? Kuni kecha Qirg‘iziston prezidentini Navro‘zga Qozog‘istonga taklif etishayotgani haqida xabar berishgan edi. Bugun kutilmaganda — Boqiyev ishtirokida 2010-yildagi inqilob to‘g‘risida intervyu…", — deb yozgan Asanova.
"Marhamat qilsinlar, hashamatli dor sizga muntazir", — deb fikr bildirgan Vladimir Korotovskix.X… yemu s maslom. I pust daje ne mechtayet. X… yemu s maslom. I pust daje ne mechtayet. https://t.co/GsfJBOvT1T
— Dastan Bekeshev (@bekeshev) 28 noyabrya 2017 g.
"Senga hech kimning ko‘zi uchib turgani yo‘q!" — deb yozgan Mars Tuleberdiyev.
Qurmonbek Boqiyev hukumat tepasiga 2005-yildagi "lola" inqilobidan keyin kelgan. 2010-yil u "taxtdan ag‘darilgach", Belarussiya davlati Boqiyevga siyosiy boshpana beradi.
2010 yil 7-aprel kuni Boqiyev boshqaruviga qarshi mitingga chiqqan odamlar otib tashlangan. Qirg‘iziston Oliy sudi Boqiyevni sirtdan umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgan, ammo uning yoshini inobatga olib, jazo muddati 30-yillik qamoqqa almashtirilgan.