Qurmonbek Boqiyev Qirg‘izistonga qaytmoqchi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya prezidenta Kirgizii Kurmanbeka Bakiyeva v rodovom dome v poselke Teyit
Press-konferensiya prezidenta Kirgizii Kurmanbeka Bakiyeva v rodovom dome v poselke Teyit - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurmonbek Boqiyev 2010-yilgi aprel voqealaridan so‘ng hukumatni qo‘ldan boy bergan va Belarusga qochib ketgan. Qirg‘izistonda unga sirtdan jazo tayinlangan. Boqiyev hozirda Qirg‘izistonga qaytish niyatida ekanligini bildirdi

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmonbek Boqiyev mamlakatga qaytish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb xabar qilgan Sputnik Qirg‘iziston.

Ma’lum bo‘lishicha, Boqiyev bu haqda "Xabar" telekanali tomonidan tayyorlangan Qirg‘izistondagi 7-aprel voqealarga bag‘ishlangan hujjatli filmda aytib o‘tgan.

Sud zalidagi sudya bolg‘achasi. - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistondagi “aprel voqealari”da halok bo‘lganlar ishi svet yo‘qligi sabab qoldirildi
"Egnimda nima bo‘lsa, o‘shanda chiqib ketganman. Bilmadim, ehtimol, tarixiy yodgorlik sifatida bo‘lsa kerak, ichki kiyimlarim, paypoq va hatto shortiklarimgacha olib chiqib ketishgan. Kosa-tovoqlar haqida-ku gapirmasam ham bo‘ladi. Ishonchim komil, vaqti kelib vatanimga qaytaman", — degan qochqin prezident filmda.

Qurmonbek Boqiyev hukumat tepasiga 2005-yildagi "lola" inqilobidan keyin kelgan. 2010-yil u "taxtdan ag‘darilgach", Belarussiya davlati Boqiyevga siyosiy boshpana beradi.

2010 yil 7-aprel kuni Boqiyev boshqaruviga qarshi mitingga chiqqan odamlar otib tashlangan. Qirg‘iziston Oliy sudi Boqiyevni sirtdan umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgan, ammo uning yoshini inobatga olib, jazo muddati 30-yillik qamoqqa almashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0