TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevga tantanali ravishda Seul shahri faxriy fuqarosi unvoni topshirildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
Shavkat Mirziyoyev faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining tilaklarini yozib qoldirdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Janubiy Koreyani do‘stlik rishtalari, o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkam bog‘lab turgani alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Seul shahrining faxriy fuqarosi unvonini berishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Marosimda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari yanada mustahkamlanishida prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.
Mirziyoyev ikki xalq do‘stligi ramzi sifatida Toshkent shahrida Seul ko‘chasini tashkil qilish taklifini bildirdi.