TOSHKENT, 28 noya – Sputnik. Qozogʻistonning Ust-Kamenogorsk shahrida joylashgan Aziya Avto kompaniyasi 2017 yilning dekabr oyidan boshlab Lada Vesta SW va Lada Vesta SW Cross avtomobillarini ishlab chiqara boshlaydi, deb xabar qilmoqda Avtorevyu nashri.
Aziya Avto zavodi Sentyabr oyidan boshlab Cevrolet Aveo avtomobilini ishlab chiqarishni boshlagan edi. Undan tashqari zavodda Shkoda va Kia avtombillarining bir necha modellari ham “yirik boʻlakli jamlash” uslubida ishlab chiqarilmoqda.
Aziya Avto ishlab chiqaradigan Lada Vesta universallari 1.6 hajmdagi 102 ot kuchiga ega boʻlgan va 1.8 hajmdagi 122 ot kuchiga ega boʻlgan dvigatellar bilan jihozlanadi. Avtomobillar mexanik va avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan boʻlishi mumkin.
Vesta SW va SW Cross avtomobillari narxi hali maʼlum qilinmagan, Qozogʻistonda sotuvga chiqarilgan sedan kuzovidagi Vesta avtomobillari narxi 3 900 000 tengedan boshlanadi — (11800$). Universal narxi odatda sedandan 10-15 %ga koʻproq boʻladi. Bugungi kunda Qozogʻistonda Lada Vesta avtomobillariga soʻrov unchalik katta emas. 2017 yilning 11 oyida 583ta Lada Vesta sotilgan. Eng bozori chaqqon avtomobillar qatorida Ravon Nexia R2, Toyota Camry va Hyundai Elantralar oʻrin olgan.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning 1 oktyabridan boshlab Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarni Oʻzbekistonga olib kirishda olinadigan soliqlar miqdori keskin kamaytirilgan edi. Xususan dvigatel va ot kuchidan olinadigan soliqlar bekor qilinib, faqat avtomobilning bojxona qiymatidan 2 % li aktsiz soligʻi saqlanib qolgan.
