Qozog‘iston avtomobillari uchun bojxona solig‘i kamaytirildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya LADA Vesta
Prezentatsiya LADA Vesta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 oktabrdan boshlab Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobillar O‘zbekistonga olib kirilgan taqdirda ulardan faqat 2% miqdorida aksiz solig‘i olinadi.

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun 1-oktabrdan boshlab bojxona soliqlari kamaytirildi, deyilgan O‘zbekiston prezidentining yangi qarorida.

Bundan buyon Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobillar, O‘zbekiston hududiga olib kirilganda ularning bojxona qiymatidan 2% miqdorida aksiz solig‘i olinadi. Dvigatel hajmi va otkuchiga doir boshqa soliqlar bekor qilindi. 

Qozog‘iston avtomobil ishlab chiqaruvchilari O‘zbekiston ustidan shikoyat qildi

Oldin faqat Rossiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan avtomobillar shunday imtiyozli soliq miqdorlari qo‘llanilar edi.Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobillar esa dvigatel hajmining har bir sm/kubi uchun 2,4 $ miqdorida aksiz solig‘i olinar edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan biroz olin Qozog‘iston Avtombil ishlab chiqaruvchilari uyushmasi “KazAvtoProm” Qozog‘iston Iqtisodiyot vaziriga O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida avtomobillarga nisbatan qo‘llaniladigan bojxona soliqlarini muvofiqlashtirishni so‘rab murojaat qilishgan edi.  

Yangiliklar lentasi
0