UZMOBILE beshinchi avlod aloqa tarmog‘ini sinovdan o‘tkazdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy uyali aloqa operatori UZMOBILE Xitoyning ZTE kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkentda beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini sinovdan o‘tkazdi.

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekiston milliy uyali aloqa operatori UZMOBILE  Xitoyning ZTE kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkentda beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Sinov Telekommunikatsiyalar rivojlantirish markazidagi labaratoriyada bo‘lib o‘tdi. ZTE kompaniyasi taklif qilgan sinov, bir necha  256QAM texnologiyasi asosida 4 × 4 MIMO antennalari yordamida o‘tkazildi.

Moskvada uyali aloqa saloni - Sputnik O‘zbekiston
Megafon 5G aloqa standartini sinovdan o‘tkazadi

Bu O‘zbekistonda beshinchi avlod tarmoqlarida o‘tkazilgan birinchi sinov bo‘ldi. Sinovda axborot uzatish tezligi 1 Gbit/sek  natija ko‘rsatdi. Bu beshinchi avlod (5G) tarmoq talablariga javob beradigan natijadir.

Shuni aytib o‘tish joizki, ayni damda dunyoda beshinchi avlod tarmoqlariga qo‘yiladigan aniq talablar yoki beshinchi avlod tarmog‘ining aniq ta’rifi mavjud emas. Shunga qaramasdan ZTE kompaniyasi dunyoning 20dan ortiq mamlakatlarida Pre5G, ya’ni  -dastlabki beshinchi avlod tarmoqlarini o‘rnatgan. Ushbu uyali aloqa tarmoqlarida aloqa tezligi 4G tarmog‘idan ko‘ra o‘rtacha 5-6 baravar tez.

Yangiliklar lentasi
0