Megafon 5G aloqa standartini sinovdan o‘tkazadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMoskvada uyali aloqa saloni
Moskvada uyali aloqa saloni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi 5G aloqa tarmoqlarda axborot uzatish tezligi sekundiga 10 Gbitdan oshadi, bu 4G tarmog‘iga qaraganda 30 baravar tez.

TOShKENT, 15 –Sputnik. Rossiyaning yetakchi aloqa operatorlaridan biri bo‘lgan "Megafon", uyali aloqa tizimida axborotni 4-5 Gigabit tezlikda uzatish qobiliyatiga ega bo‘lgan 5G aloqa standartini sinab ko‘radi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot kotibi Yuliya Doroxina.   

Undan tashqari, “Megafon” Nijniy Novgorodda  21 sentabrda bo‘lib o‘tadigan biznes-sammitda  “buyumlar interneti”, ya’ni internetga ulangan maishiy texnika — IoT ning 5G aloqa tarmog‘ida ishlashini namoyish qiladi.  

Doroxinaning so‘zlariga qaraganda, “Megafon” 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Futbol bo‘yicha Jahon chempionati vaqtida 5G uyali aloqa zonasini ishga tushirishga va’da bergan.  

Ushbu yilning iyul oyida kompaniyasi o‘zining mavjud bo‘lgan aloqa tarmoqlarida 1 Gbit/sekunddan ortiq tezlikda axborot uzatishni sinab ko‘rdi.

© AFP 2023 / JOSEP LAGO5G aloqa standartida ishlaydigan smartfonlar
Mobilnie telefoni 5G na vistavke. - Sputnik O‘zbekiston
5G aloqa standartida ishlaydigan smartfonlar

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro elektron aloqa ittifoqi uyali aloqaning yangi standartini 2020-yildan boshlab  kirtishni rejalashtirgan. Yangi 5G standartidagi tarmoqlarda axborot uzatish tezligi kekundiga 10 Gbitdan oshadi. Bu 4G tarmog‘iga qaraganda 30 baravar tez.

Ma’lumotlarga qaraganda 5G aloqa tarmog‘i asosan mavjud bo‘lgan 4G/LTE aloqa tizimi infratizimidan foydlanadi.

Bu borada  5G tizimini kiritish katta sarmoyalar talab qilmaydi. Albatta, mavjud aloqa transport tizimini kuchaytirish kerak bo‘ladi, chunki bugungi kunga qaraganda, traffik hajmi jiddiy o‘sishi kutilmoqda”, — deyilgan xabarda.  

5G tizimi kiritilganidan keyin, traffik hajmi o‘sishi birinchi navbatda IoT-abonentlari, ya’ni internetga ulangan maishiy uy jihozlari soni o‘sishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ushbu “jonsiz  abonentlarga” sifatli xizmat ko‘rsatish – asosiy vazifaga aylanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0