Tramp Afg‘oniston bo‘yicha yangi qarorlar qabul qilindi, deya xabar berdi

© REUTERS / Mike SegarAQSh prezidenti Donald Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti kuni kecha Afg‘oniston va boshqa masalalar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp muhim qarorlar, jumladan, Afg‘oniston bo‘yicha ham qaror qabul qildim, deya xabar berdi. Eslatib o‘tamiz, AQSh so‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonda keyingi strategiyasini aniqlashtirib olishga harakat qilib kelmoqda.

Rossiya TIV AQSh o‘z harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishini talab qilmoqda
"Kemp-Devidda iste’dodli generallarimiz va harbiy yetakchilarimiz bilan muhim kunni o‘tkazdim. Ko‘plab qarorlar qabul qildik, shu jumladan, Afg‘oniston bo‘yicha ham", — deb yozgan Tramp Twitterda. Shu bilan birga, AQSh prezidenti qanday qarorlar qabul qilingani haqida aytib o‘tmagan, deb xabar qiladi RIA Novosti.

AQSh prezidenti kuni kecha Afg‘oniston va boshqa masalalar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi vaqtlarda Tramp mamlakatning Afg‘oniston bo‘yicha keyingi strategiyasini aniqlashtirib olishga harakat qilmoqda. Amerika Afg‘onistonda bir necha ming kishidan iborat kontingentni qo‘llab-quvvatlab keladi. Ilgariroq AQSh harbiy rolini oshirish, Afg‘onistondan qo‘shinlarni to‘liq olib chiqib ketish yoxud harbiy masalalarni xususiy kompaniyalarga o‘tkazish singari variantlar ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0